Chop etish versiyasi
Seshanba, 14 mart 2023 11:56

Sherdor madrasasining surati Yaponiya umumta’lim maktablari uchun “Jahon tarixi” darsligining muqovasiga joylashtirildi

Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumtaʼlim maktablarining “Jahon tarixi” darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi.

Darslik Yaponiyaning eng yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan tayyorlangan.

Qo‘llanma aprel oyidan boshlab yangi o‘quv yilida tarix fanidan darslik sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

 
O'qilgan 840 marta