Chop etish versiyasi
Chorshanba, 11 iyun 2025 04:55

Registondagi Tilla Kori madrasasi restavrasiya qilinadi

O‘zbekiston Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi Samarqand shahri, Registon maydonida joylashgan “Tilla Kori” madrasasini restavratsiya va tiklash ishlariga, yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan rozilik berdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kengash yig‘ilishida respublikamizdagi madaniy meros obyektlarini saqlashga qaratilgan 120 ga yaqin loyiha ko‘rib chiqildi. Natijada, Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan 100 dan ortiq muhim qarorlar qabul qilindi.

«Samarqand shahar, Registon maydonida joylashgan “Tilla Kori” madrasasini restavratsiya va tiklash ishlari jarayonida yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan ma’qullansin. Loyihadagi ishlarning amalga oshirilish nazorati loyiha muallifi va Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi zimmasiga yuklansin», - deyiladi Majlis bayonnomasida.

O'qilgan 2333 marta