Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz
Payshanba, 18 aprel 2024 03:53

18 aprel - Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor joylar kuni

Jahon merosi kuni sifatida ham tanilgan bu kun 1982 yili YUNESKOning yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashi (ICOMOS - International Council on Monuments and Sites) tomonidan ta’sis etilgan.

Mazkur sana 1984 yildan buyon jahon madaniy merosini asrab-avaylash va shu masalaga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida nishonlab kelinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktabrdagi 846-son qarori bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlangan.

Unga muvofiq Samarqand viloyatida 1607 ta arxeologiya yodgorliklari, arxitektura yodgorliklari, diqqatga sazovor joylar, monumental san’at yodgorliklari mavjud.

 
O'qilgan 262 marta