Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz
Payshanba, 03 sentyabr 2026 04:18

AQSh Senati delegatsiyasi Samarqandning boy tarixiy merosi bilan tanishdi

Samarqandga AQSh Senatining Markaziy Osiyo bo‘yicha Senat Kokusi hamraisi, senator Stiv Deyns boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni temir yo‘l vokzalida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov kutib oldi.

Tashrif doirasida delegatsiya Amir Temur maqbarasini ziyorat qilib, Amir Temur va Temuriylar davridagi davlatchilikning boy tarixi hamda bunyodkorlik an’analari haqida ma’lumot oldi.

Shundan so‘ng delegatsiya vakillari Registon maydoniga tashrif buyurib, madrasalarning me’moriy xususiyatlari va mahobati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif dasturidan Samarqandning boshqa diqqatga sazovor maskanlari va shahardagi madaniy meros obyektlari bilan tanishish ham o‘rin olgan.

O'qilgan 41 marta