Samarqand shahrida “24/7 turizm” tamoyillari asosida zamonaviy, xavfsiz va tunu kun xizmat ko‘rsatuvchi turizm infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Shu maqsadda turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan hududlardagi bozor, savdo majmualari va tarixiy-madaniy meros obyektlarining ish vaqti uzaytirildi, sayyohlar uchun maxsus xizmat ko‘chalari tashkil etildi. Bozor, savdo majmualari va muzeylar uchun uzaytirilgan ish vaqti Turistlar gavjum hududlardagi obyektlarning ish vaqti uzaytirildi: “Siyob” bozori soat 24:00 gacha, “Makon Mall” va “Family Park” savdo majmualari 23:00 gacha xizmat ko‘rsatmoqda. Tarixiy-madaniy meros obyektlariga kechki vaqtda ziyorat qilish imkoniyati ham kengaytirildi. Endilikda “Afrosiyob” muzeyi, “Amir Temur” maqbarasi, “Bibixonim” majmuasi hamda “Mirzo Ulug‘bek” rasadxonasi muzey majmuasi soat 23:00 gacha, “Registon” ansambli soat 24:00 gacha ochiq bo‘ladi. Bundan tashqari, har kuni soat 21:00 da Registon maydonida musiqiy shou namoyish etiladi.…