Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz

Yangiliklar

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahrining qadimiy obidalari bilan tanishdi. Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi.  Ma’lumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek Amir Temurning suyukli nabirasi bo‘lgan, ezgu ishlarini davom ettirgan. U ham hukmdor, ham olim sifatida ilm-fan va madaniyatni rivojlantirgan, bunyodkorlikka katta e’tibor qaratgan. O‘rta asrlardayoq noyob rasadxona barpo etib, osmon jismlarini juda aniq o‘rgangan.  Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari dunyo astronomiyasida muhim qo‘llanma hisoblanadi. Uni Yevropa, jumladan, fransiyaliklar ham yaxshi bilishadi.  Xususan, fransuz astronomi Jozef-Nikolya Delil faoliyati davomida Mirzo Ulug‘bekning asarlarini o‘rgangan, “Ziji…
Shanba, 11 noyabr 2023 04:15

G‘arbda – Rim, Sharqda – Samarqand

Davlatimiz rahbari taklifiga ko‘ra, rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva hamrohligida bugun Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni tomosha qildi. Dunyo tarixchilari, sharqshunoslar tilida shunday gap bor:  G‘arbda Rim, Sharqda Samarqand. Bu bilan ikki mintaqa sivilizatsisida ushbu ikki qadimiy shahar qanchalik muhim rol o‘ynagani e’tirof etiladi. Haligacha O‘zbekiston va Italiya tarixchilari, arxeologlari Samarqand va Rim misolida davlatlar o‘rtasidagi aloqalar o‘tmishi bilan qiziqadi, bu borada tadqiqotlar olib boriladi. Shu jihatdan Italiya Prezidentining yurtimizga  rasmiy tashrifi doirasida Samarqandda bo‘lishi va bu yerdagi tarixiy-madaniy  yodgorliklar bilan tanishishi bejiz emas. Yuqori martabali mehmonlar…
2023-yil 6-oktyabr kuni "Chorsu" san’at galereyasida O‘zbekiston va Tojikiston rassomlari: Nuriddin Isayev, Ahmad Isoyev, Daler Mihtodjov, Ilyos Mamadjanov, Bahrom Ismatovning "Tasvir va rang"nomli guruh ko‘rgazmasi ochildi. Ushbu ko‘rgazma iste’dodli ustalarning juda katta ijodiy izlanishlari natijasidir. Ularning asarlari san’at haqidagi o‘z tushunchalarini aks ettiradi, zamonaviy dunyoda nima bo‘layotganini tushunishga intiladi, rassomlarni keng ko‘lamli va ko‘p vaqt talab qiladigan asarlar yaratishga undadi. Ushbu ko‘rgazmada realizmdan tortib mavhumlikka qadar san’at asarlari mavjud. Bunday tarkibda birinchi marta 5 nafar rassom: I. Mamadjanova, D. Mihtojeva, B. Ismatova, N. Isayeva va A. Isoyeva bir joyda ko‘rgazma namoyish yaratildi. Milliy o‘ziga xoslik va "individual" dunyoqarashni talqin qilish…
Дирекция Ансамбля Регистан от всей души поздравляет всех с Днем независимости. Желаем мира всей стране и благополучия всем жителям родного Узбекистана. Пусть здесь всегда будет солнечно и красиво, пусть каждый уголок Родины дарит сердцам отраду, вдохновение и веру в настоящее чудо. Пусть счастье и благополучие всегда наполняют дома, а лица озаряются радостной улыбкой.
Bugun Samarqanddagi Registon ansamblining Ulug‘bek madrasasida “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritilganligi to‘g‘risida sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sertifikatlarni topshirish marosimida Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Piskurev hamda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdilar. Samarqanddagi Registon ansambli va Shohi Zinda majmuasi “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritildi. 2017 yilning 7 noyabr kuni Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Madaniyat, fan va taʼlim kengashining ikkinchi sessiyasida “Jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi uchun turistik diqqatga sazovor joylarni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilindi. Konvensiyani amalga oshirish doirasida Turizmning jozibadorligi va turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita tuzildi.…