Germaniyaning "CTOUR" jurnalida O‘zbekiston haqidagi ko‘plab sayyohlik qo‘llanmalari muallifi, fotograf Karsten Bodo Tyonsning "Ipak yo‘li" markazida sharqona musiqa festivali" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Muallif Bodo Tyons o‘quvchilarni Samarqandning madaniy va tarixiy merosini o‘rganishga taklif qiladi. Uning yozishicha, shahar har bir sayyoh uchun O‘zbekistondagi eng muhim manzillardan biridir. 2700 yildan oriq tarixga ega bo‘lgan bu qadimiy shahar xalqaro anjumanlar va madaniy tadbirlar, jumladan, "Sharq taronalari" kabi nufuzli xalq musiqasi festivali uchun muhim markazga aylanib ulgurgan. Shu o‘rinda muallif, joriy yilning sentyabr oyida Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning mamlakatimizga rasmiy tashrifi ham ushbu shaharda bo‘lib o‘tganini ta’kidlagan. Bejirim suratlar bilan boyitilgan maqolada…