Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz

Yangiliklar

Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘ldi. YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, dunyoga mashhur Registon maydoni buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyatini aks ettiruvchi mamlakatimizning asosiy tashrif qog‘ozidir. Majmuadagi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari o‘zining ulug‘vorligi, boy tarixi va betakror me’morchiligi bilan yurtimiz mehmonlarida chuqur taassurot qoldirmoqda. Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq shaharsozligi durdonasining qurilish tarixi, me’moriy yechimlari va bezaklarining o‘ziga xos jihatlari, ushbu maskan bilan bog‘liq muhim voqealar va shaxslar, shuningdek, o‘zbek xalqining madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi. So‘ngra davlat rahbarlari "Silk Road Samarkand"…
Samarqand shahrining Islom Karimov nomli ko‘chasi har qachongidan ham gavjum bo‘ldi. Bu yerda “Samarqand noni” festivali o‘tkazilmoqda. Festivalning ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda Adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etdi. Bu yeda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan, shuningdek, respublikamizning turli hududlaridan kelgan novvoylar tomonidan 22 ta tandir o‘rnatilib, non pishirilmoqda.  
“TimeOut” jurnali Samarqanddagi Registon maydonini dunyodagi eng go‘zal 44 ta joy qatoriga kiritdi. Nashr dunyo bo‘ylab tajribali sayohatchilarning fikrlarini to‘plab, ular tashrif buyurgan eng go‘zal joylar haqida so‘zlab berdi. Natijada, sayyoramizning eng ajoyib go‘shalariga yo‘l ko‘rsatuvchi qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ro‘yxat tuzildi. Samarqandga tashrif buyurgan sayohatchilar Registon maydonini shunday ta’riflashadi: “Uchta ulug‘vor inshoot bilan o‘ralgan keng maydon - Registon Samarqandning qadimiy qalbi, zamonaviy O‘zbekistondagi Ipak yo‘li shahrining timsoli hisoblanadi. Registonning XV-XVII asrlarda qurilgan uchta madrasasi ravoqli peshtoqlari, yaltiroq gumbazlari va baland minoralari bilan manzarani tasvirlab beradi. Ular g‘isht, koshin va mozaikalardan yasalgan geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Bu binolar ulug‘vorligi va…
Дирекция ансамбля Регистан поздравляет всех с праздником Рамазан хайит и желает, чтобы этот священный праздник прошел в атмосфере радости, семейного единства, доброго здоровья и изобилия. Пусть во всех домах раздается радостных смех, а сердца будут полны добрых надежд и счастья.
Joriy yilning 28-mart kuni Samarqand shahar Registon maydonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktyabrdagi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 646-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ichki turizm yarmarkasi tashkil qilindi. Yarmarkada 200 ga yaqin respublikamizda faoliyat yurituvchi yetakchi turistik kompaniyalar, joylashtirish vositalari hamda turizm va xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqa tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, 2500 dan ortiq mehmonlar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida milliy hunarmandchilik mahsulotlari, turistik korxonalar hamda joylashtirish vositalarining imkoniyatlarini namoyish etuvchi taqdimotlar…