Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz

Yangiliklar

"Euronews" telekanalida turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan "Ipak yo‘li sarguzashtlari" ko‘rsatuvi namoyish etildi. Ko‘rsatuvda Ipak yo‘lining eng muhim manzilgohlariga, jumladan mashhur Samarqand shahriga sayohatlar va ularning madaniy xususiyatlariga e’tibor qaratilgan. Unda O‘zbekistonning asosiy sayyohlik maskani hisoblangan Registon maydoni kabi tarixiy yodgorliklar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Mintaqaning hunarmandchiligi va oshpazlik san’ati bilan bog‘liq an’analarga, xususan qog‘oz tayyorlash va Samarqand nonini yopish jarayonlariga alohida e’tibor berilgan. Bu esa tomoshabinlarga mahalliy madaniyatning o‘ziga xosligini chuqurroq anglashga yordam beradi. "Ipak yo‘li sarguzashtlari" singari ko‘rsatuvlar sayyohlarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular tomoshabinlarga nafaqat mintaqaning tarixiy merosini namoyish etadi, balki sayohat uchun real…
Juma, 21 mart 2025 05:05

Navro'z bayrami muborak bo'lsin

Registon Ansambli direksiyasi sizlarni Navro‘zi olam bilan muborakbod etadi! Ushbu qadimiy va ardoqli ayyom tabiatning uyg‘onishi, yangilanish va yaratuvchanlik ramzi sifatida dillarga quvonch, yurtdoshlarimizga ezgu niyatlar olib kelsin. Navro‘z barchamiz uchun hamjihatlik, mehr-oqibat va barkamol hayot sari ilhom manbaiga aylanib, har bir xonadonga fayzu baraka, tinchlik va farovonlik keltirsin!  
Registon360.uz platformasi ushbu tarixiy yodgorlik bilan yaqindan tanishish, betakror me’moriy detallarni batafsil ko‘rib chiqish imkonini beradi. 360° panoramik tasvirlar esa sizga me’moriy majmuaning o‘zida bo‘lgandek his qilish imkoniyatini yaratadi.
Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi! Ana shu shior ostida mamlakatimiz bo‘ylab Samarqand viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan taqdimot tadbirlari tashkil etilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-407-sonli qarori hamda ushbu qaror asosida tasdiqlangan Samarqand viloyat hokimligining tegishli reja-grafigi ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 18-fevral kuni Toshkent viloyatida turizm sohasi vakillari – Turizm boshqarmasi mutasaddilari, tur operatorlar va soha tadbirkorlari ishtirokida Samarqand viloyatining sayyohlik imkoniyatlari, yangi turizm yo‘nalishlari hamda turizm qishloqlari bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Samarqandning boy…
“BBC Travel” global media portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta yo‘nalish ro‘yxatiga kirdi. Maqolada ta’kidlanishicha, turizm O‘zbekistonning o‘ziga xos an’analari va madaniy merosini saqlash strategiyasining muhim qismiga aylanib bormoqda. Mamlakat infratuzilmani jadal rivojlantirmoqda: yangi mehmonxonalar, yuqori tezlikdagi temir yo‘l marshrutlari, ichki aviareyslar va yangilangan madaniy diqqatga sazovor joylar sayohatchilar uchun betakror imkoniyatlarni yaratmoqda. Bularning barchasi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga va O‘zbekiston tarixiy va madaniy merosining cheksiz boyligini kashf etayotgan sayyohlarni jalb qilishga yordam bermoqda. 90 dan ortiq mamlakatning, jumladan Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurishlari mumkinligi sayohatni sezilarli darajada osonlashtiradi va sayyohlar…