Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tashrif doirasida, MDH davlatlaridan 100 nafar jurnalist va blogerlardan iborat xalqaro “Yevrosiyo yuragiga sayohat – 2025” ekspeditsiyasi ishtirokchilari Samarqand va Buxoro viloyatlarining boy tarixiy-madaniy merosi va turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Samarqand shahrida mehmonlar Bulung‘ur tumanidagi Erganakli mahallasiga tashrif buyurib, mahalla hayoti, amalga oshirilayotgan islohotlar va turmush sharoiti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. So‘ngra mehmonlar Registon maydoniga yo‘l olib, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan “O‘zbek milliy do‘ppi challenji”da qatnashdilar. Ushbu qiziqarli va rang-barang tadbirda ular milliy do‘ppilarimiz bilan fotosuratga tushib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Mehmonlar Registon maydonida o‘tkazilgan 3D shouni tomosha qilib, tarixiy…