Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz

Yangiliklar

“BBC Travel” global media portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta yo‘nalish ro‘yxatiga kirdi. Maqolada ta’kidlanishicha, turizm O‘zbekistonning o‘ziga xos an’analari va madaniy merosini saqlash strategiyasining muhim qismiga aylanib bormoqda. Mamlakat infratuzilmani jadal rivojlantirmoqda: yangi mehmonxonalar, yuqori tezlikdagi temir yo‘l marshrutlari, ichki aviareyslar va yangilangan madaniy diqqatga sazovor joylar sayohatchilar uchun betakror imkoniyatlarni yaratmoqda. Bularning barchasi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga va O‘zbekiston tarixiy va madaniy merosining cheksiz boyligini kashf etayotgan sayyohlarni jalb qilishga yordam bermoqda. 90 dan ortiq mamlakatning, jumladan Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurishlari mumkinligi sayohatni sezilarli darajada osonlashtiradi va sayyohlar…
Chorshanba, 01 yanvar 2025 07:17

Yangi 2025 yilingiz bilan!

Sizni yangi yilingiz bilan tabriklaymiz! 2025 yil yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar, yangi g'alabalar yili bo'lsin! Sizga sihat — salomatlik va farovonlik, oilalaringizga tinchlik va osoyishtalik tilaymiz! Eng yaxshi tilaklar bilan Registon ansambli direktsiyasi
Samarqandda Registon maydonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi. Askarlar, yosh sportchilar, kavaleristlar, ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari 20x40 metr o'lchamdagi bayroq bilan Kuksaroy maydoniga qarab harakat qilishdi.  
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Samarqadning Registon maydonidagi Sherdor madrasasida konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirishga qaratilgan loyihani qo‘llab-quvvatlaydi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Qayd etilishicha, elchixona uni amalga oshirishda Madaniy meros agentligi hamda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlik qiladi. 500 000 dollar miqdordagi mazkur tashabbusni Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (IICAS) texnik tomondan qo‘llab-quvvatlaydi. Madaniy meros agentligi IICAS ko‘magida Sherdor madrasasi fasadi konservatsiya va restavratsiyasini mahalliy hunarmandlar va mutaxassislarni jalb qilish orqali amalga oshiradi. Loyiha sifati va samaradorligini oshirish uchun xorijlik mutaxassislar ham taklif etiladi. Loyiha hamkorlari agentlikni dunyoning yetakchi olimlari bilan bog‘lashadi, madaniy merosni saqlash uchun zarur hujjat va resurslarga ega bo‘lish imkonini yaratishadi hamda loyiha davomida…
Germaniyaning "CTOUR" jurnalida O‘zbekiston haqidagi ko‘plab sayyohlik qo‘llanmalari muallifi, fotograf Karsten Bodo Tyonsning "Ipak yo‘li" markazida sharqona musiqa festivali" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Muallif Bodo Tyons o‘quvchilarni Samarqandning madaniy va tarixiy merosini o‘rganishga taklif qiladi. Uning yozishicha, shahar har bir sayyoh uchun O‘zbekistondagi eng muhim manzillardan biridir. 2700 yildan oriq tarixga ega bo‘lgan bu qadimiy shahar xalqaro anjumanlar va madaniy tadbirlar, jumladan, "Sharq taronalari" kabi nufuzli xalq musiqasi festivali uchun muhim markazga aylanib ulgurgan. Shu o‘rinda muallif, joriy yilning sentyabr oyida Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning mamlakatimizga rasmiy tashrifi ham ushbu shaharda bo‘lib o‘tganini ta’kidlagan. Bejirim suratlar bilan boyitilgan maqolada…