Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz

Yangiliklar

Juma, 28 aprel 2023 11:47

Muzey xalqaro forumi

Samarqandda "MUZEYSHUNOSLIK Fransiya +5" loyihasi doirasida o'tkazilgan "Ijodiy va madaniy sanoatning yangi texnologiyalari" xalqaro forumi muzey ishining konservatsiya, asbob-uskunalar va nou-xau, raqamli texnologiyalar, VR, AR, vaqtinchalik ko'rgazmalarni tashkil etish, ko'rgazmalarni rejalashtirish kabi masalalari muhokama qilingan maydonga aylandi. Shuningdek, Registon ansambli hamda A. Kasteyeva nomidagi Qozog'iston Davlat san'at muzeyi, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat tarix va madaniyat muzeyi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandumlar imzolandi. Mazkur xalqaro forum O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Fransiyaning “DUALEST” S.A.S Groupe kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Muzey forumi ishida Markaziy Osiyoning barcha davlatlarning muzey ishi vakillari ishtirok etdilar.  
25 aprel kuni Samarqandga dunyoga mashhur Plasido Domingo va uning rafiqasi, soprano qo'shiqchisi va rejissyori Marta Domingo tashrif buyurdilar. Gur-Amir maqbarasi va Registon maydonidan tashqari, mehmonlar “Ipak yo'li” xalqaro turizm universiteti va “Silk Road Samarkand” majmuasiga tashrif buyurishdi. "Men Amir Temur partiyasini ijro etish baxtiga muyassar bo'ldim va endi buyuk qo'mondon tomonidan tashkil etilgan shaharni o'z ko'zim bilan ko'rishdan xursandman. Samarqandda biz turli davrlar va madaniyatlarning noyob kombinatsiyasini ko'ramiz. Bu kuch va san'at shahri"- dedi buyuk maestro.  
Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumtaʼlim maktablarining “Jahon tarixi” darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi. Darslik Yaponiyaning eng yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan tayyorlangan. Qo‘llanma aprel oyidan boshlab yangi o‘quv yilida tarix fanidan darslik sifatida foydalanish rejalashtirilgan.  
Shanba, 14 yanvar 2023 01:37

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Hurmatli hamkasblar va aziz Vatandoshlar! 14-yanvar - mamlakatimizdagi barcha fuqarolar uchun muhim bayram. Vatan himoyachilari kuni bu - Vatanni sevuvchi, uning tarixini hurmat qilivchi, mard va jasur, haqiqiy erkaklar bayrami. Sizni ushbu bayram bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz  va yurt manfaati yo'lida Sizga mustahkam sog'lik, baxt-saodat  hamda ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Samarqand viloyatidagi "Registon" ansambliga 2022-yilda 1 027 951 nafar mahalliy va xorijiy turistlar tashrif buyurdi.  Ma'lumot uchun, "Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi" deya e'tirof etilayotgan Samarqand 2023-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti hisoblanadi. UNWTO Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi aynan Samarqandda o‘tkaziladi. Bu bejizga emas, albatta. Chunki majmuada mehmonlarga xizmat koʻrsatish yuqori darajada tashkil qilingan. Xususan, “Registon”ga kirgan turistlar uchun ekskursovod yoki audio-gid xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratilgan.  Ta'kidlash kerakki, 2022-yilda “Registon” ansamblini yanada takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, yil davomida olib borilgan restavratsiya va konservatsiya ishlarida topilgan noyob tarixiy ashyolar “Tillakori” madrasasidagi “Samarqand tarixiy suratlarda” nomli ekspozitsiyadan o‘rin oldi.  Shu bilan birga, 2022-yil 27-avgust kuni “Sherdor” madrasasidagi…