Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz

Yangiliklar

Дирекция Ансамбля Регистан от всей души поздравляет всех с Днем независимости. Желаем мира всей стране и благополучия всем жителям родного Узбекистана. Пусть здесь всегда будет солнечно и красиво, пусть каждый уголок Родины дарит сердцам отраду, вдохновение и веру в настоящее чудо. Пусть счастье и благополучие всегда наполняют дома, а лица озаряются радостной улыбкой.
Bugun Samarqanddagi Registon ansamblining Ulug‘bek madrasasida “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritilganligi to‘g‘risida sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sertifikatlarni topshirish marosimida Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Piskurev hamda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdilar. Samarqanddagi Registon ansambli va Shohi Zinda majmuasi “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritildi. 2017 yilning 7 noyabr kuni Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Madaniyat, fan va taʼlim kengashining ikkinchi sessiyasida “Jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi uchun turistik diqqatga sazovor joylarni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilindi. Konvensiyani amalga oshirish doirasida Turizmning jozibadorligi va turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita tuzildi.…
Dushanba, 10 iyul 2023 11:23

Registon maydoni

“Men Registonman,Men Samarqandning yuragimanMen asrlarning tosh yilnomasiman” Samarqand shahridagi Registon maydoni O’rta Osiyodagi shaharsozlik san’atining yorqin namunalaridan biridir. Maydonning nomi - "Registon" "qum maydoni, qumli joy" deb tarjima qilinadi. Darhaqiqat, serhosil vohaning markazi bo’lgan Samarqand shahridagi ushbu maydonning nomiga ta’rif bera oladigan,  yana bir talqinda aytilishicha, o’rta asrlarda Movaraunnahrdagi barcha shaharlarda markaziy maydonlar Registon deb nomlangan, bu Sharqdagi shaharlarning ma’muriy va savdo-hunarmandchilik markazlari bo’lgan. Amir Temur hukmronligi davrida (1370-1405 y.) Registon - asosiy savdo maydoni sifatida xizmat qiladi. Ulug’bek davriga kelibgina, u rasmiy marosimlar o’tkaziladigan mahobatli joy maqomini oladi.  
Payshanba, 15 iyun 2023 11:58

Chorsu Art-galereyasi

Chorsu milliy rassomlik galereyasi Samarqandning tarixiy markazida, Registon maydoni va Sherdor madrasasi yonida joylashgan. Galereya binosi o‘zining olti burchakli shakli va gumbazlariga ega – har bir kirish tepasida bitta katta markaziy va oltita kichik shallar. Bino XV asrda qurilgan. Bino juda boy va ko‘p asrlik tarixga ega. Hozirgi vaqtda u shaharning tarixiy qismi bilan birga YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ko‘p asrlar davomida bu bino faol savdo joyi bo‘lgan, chunki u Samarqandni Shahrisabz, Buxoro va Toshkent bilan bog‘laydigan jahon savdo yo‘llarining chorrahasida joylashgan edi. Arxitektura yodgorligi bir necha bor rekonstruksiya qilingan. 2005-yilda binoda katta ta’miri amalga oshirildi va shundan so‘ng…
Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadim va betakror Samarqand shahrining ulug‘vor me’moriy obidalarini ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi. Ma’lumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek buyuk olim va hukmdor sifatida ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. O‘rta asrlardayoq noyob rasadxona kashf qilib, osmon jismlarini juda aniq o‘rgangan. Uning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari butun dunyoda, xususan, arab olamida falakiyot bo‘yicha ilmiy manba sifatida mashhur bo‘lgan. Tanishuv chog‘ida temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik yuksak darajada rivojlangani, bu yurtimizdagi Ikkinchi renessansga asos bo‘lgani yodga olindi. Bugun…