Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz
Juma, 03 may 2024 05:19

Samarqand nomi tarixiy va yozma manbalarda qanday shakllarda uchraydi?

Mug‘ tog‘idan topilgan so‘g‘diy hujjatlarda shahar Samarkant, qadimgi Yunon va Rim mualliflari asarlarida Marakanda, Marganda va Margandi shakllarida qayd etiladi.

Arablar esa uni Samaroy deb ataganlar.

Italiyalik sayyoh va adib Marko Poloning kitobida shahar Samarqan, Sarmakan va Sanmarkan shakllarida tilga olinadi.

Forschada Samarqand deyilgan.

Xitoyning qadimgi va o‘rta asr yilnomalarida Samarqand shahar, viloyat va ularning hukmdorlari ham Kan yoki Samogan, Limogan, Sivingin va Saymaerkan shakllardagi atamalar bilan ta’riflanadi.

Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida Samarqand “Semirqand” ya’ni “semiz shahar” ma’nosini bildiradi, degan fikr bayon etilgan.

Bulardan tashqari, turli davrlarda bitilgan tarixiy manba va kitoblarda shahar nomi Samariana, Saramanka, Sakanna, Sanmangan, Samakiyon, Sumron, Shamarkan, Samaroy, Simroyat kabi shakllarda ham qayd etiladi.

Samarqand toponimlari, garchi shaklan bir-biriga hamohang bo‘lsa-da, ularning morfologiyasi ham, tub ma’nosi ham ma’lum darajada o‘zgarib mukammallashib borgan.

 
O'qilgan 1493 marta