Yangiliklar

Media markazga xush kelibsiz

Yangiliklar

“Samarqand: jahon madaniy turizm poytaxti” sarlavhali maqola muallifi shunday deydi: “O‘zbekistonning sharqiy-markaziy qo‘ynida o‘tmish sivilizatsiyalar hikoyalarini shivirlab turadigan shahar bor. Ikki ming yildan ortiq boy tarix va madaniy uyg‘unlikning jonli guvohi bo‘lgan Samarqand shahriga xush kelibsiz”. Jurnalist qadimiy shaharning jozibadorligini tushunishga harakat qilib, shunday xulosaga keladi: “Samarqandning sehri uning tarixiy xazinalari – masjid, madrasa va maqbaralarning maftunkor uyg‘unligidadir. Shahar markazida UNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon joylashgan bo‘lib, u bir vaqtlar bozorlar, karvonsaroylar va hukmdorlar so‘zlari aks-sadosi yangrayotgan gavjum maydon bo‘lgan. Registon Samarqandning boy tarixining mazmun-mohiyatini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarni ushbu g‘ayrioddiy shaharni shakllantirgan o‘tgan davrlarni boshdan kechirishga…
Yakshanba, 14 yanvar 2024 06:22

Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!

Ushbu muhim davlat bayrami bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha erkak va harbiy xizmatchilarini tabriklab, ularga sihat-salomatlik, barcha ishlarida omad tilaymiz. Yurtimiz osmoni hamisha musaffo bo'lsin!
O‘zbekistondagi Samarqandni ko‘plab jahon madaniyatlarining “chorrahasi” va “erish qozoni” sifatida ta’riflash mumkin.Miloddan avvalgi VII -asrda tashkil topgan Afrasiyob deb atalgan shahar oʻzining eng katta yuksalishini 14—15-asrlarda Temuriylar hukmronligi davrida boshidan kechirgan. Samarqandning asosiy diqqatga sazovor joylari Registon maydonidagi uchta madrasa, Bibixonim masjidi, Shohi-Zinda majmuasi, Guri Amir maqbarasi va Ulug‘bek rasadxonasidir. 2025-yilda Samarqandda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi: yakunlangan 42-sessiya davomida tegishli rezolyutsiya qabul qilindi. UNESCOning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida deb yozilgan.  
“Ipak va ipak yo‘li: Hanchjoudan Samarqandgacha” ko‘rgazmasining asosiy mavzusi Xitoyda ipakning kelib chiqishi va uning tarqalishi, ipakning Buyuk ipak yo‘li orqali O‘rta Osiyoga kirib kelishi haqida so‘zlaydi. Bir necha ming yillar davomida Buyuk ipak yo‘li nafaqat iqtisodni rivojlantirishga, balkim Buyuk ipak yo‘li atrofidagi davlatlar o‘rtasida o‘zaro madaniy aloqalar almashinuviga turtki bo‘lgan, u bir kamar kabi qadimgi Xitoy va dunyoning boshqa davlatlari madaniyatini o‘zida mujassamlashtirgan. Ko‘rgazmada Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti, “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi va Hanchjoudagi Xitoy milliy ipak muzeyining sara to‘plamlaridan iborat 86 ta eksponat namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma 2024 yilning 15 sentyabriga qadar davom etadi.
Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahrining qadimiy obidalari bilan tanishdi. Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi.  Ma’lumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek Amir Temurning suyukli nabirasi bo‘lgan, ezgu ishlarini davom ettirgan. U ham hukmdor, ham olim sifatida ilm-fan va madaniyatni rivojlantirgan, bunyodkorlikka katta e’tibor qaratgan. O‘rta asrlardayoq noyob rasadxona barpo etib, osmon jismlarini juda aniq o‘rgangan.  Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari dunyo astronomiyasida muhim qo‘llanma hisoblanadi. Uni Yevropa, jumladan, fransiyaliklar ham yaxshi bilishadi.  Xususan, fransuz astronomi Jozef-Nikolya Delil faoliyati davomida Mirzo Ulug‘bekning asarlarini o‘rgangan, “Ziji…