2024-yilning 2–3-noyabr kunlari oltinchi “Samarkand Marathon 2024” xalqaro xayriya yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 5,555 nafar ishtirokchi, shu jumladan, dunyoning 43 mamlakatidan 628 nafar yuguruvchi qatnashdi. Start va marra Registon maydonida joylashgan bo‘lib, ishtirokchilarga masofa bo‘ylab shaharning asosiy tarixiy obidalarining manzarasi ochildi.
“Samarkand Marathon” dasturi quyidagi tadbirlardan iborat bo‘ldi:
2-noyabr: bolalar poygalari, plogging va skandinavcha yurish.
3-noyabr: 42,2K, 21,1K, 10K, 5K, 2K.lik yugurish masofalari hamda 5K inklyuziv poyga.
Tadbirning birinchi kuni yakunlangach, sahnada “ITNI”, “BU QALA” va “LOUD373” musiqiy guruhlarining chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
“Samarkand Marathon” O‘zbekistonda nafaqat ommaviy sport voqeasi, balki muhim ijtimoiy tadbirga aylandi. “Samarkand Marathon 2024”dan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston madaniyat muassasalarida inklyuziv muhitni yaratishdan iborat.
Tashkilotchi — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.