Assalomu alaykum, muhtaram mehmonlar! Qadrli vatandoshlar! Hurmatli xonimlar va janoblar! Bugungi shukuhli oqshomda sizlar bilan serquyosh O‘zbekistonda, Vatanimizning bebaho gavhari bo‘lmish azim Samarqand shahrida ko‘rishib turganimdan baxtiyorman. Avvalambor, YUNЕSKO shafeligida o‘tkazilayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyurgan siz, muhtaram san’at namoyandalariga, nufuzli faxriy mehmonlarimizga, xorijiy davlatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillariga, ommaviy axborot vositalari xodimlariga chuqur minnatdorchilik izhor etaman. Barchangizga samimiy hurmat-ehtiromimni bildirib, butun O‘zbekiston xalqining salomi va ezgu tilaklarini yetkazishga ijozat bergaysiz. Muhtaram festival ishtirokchilari! Pandemiya tufayli yuzaga…