Mirzo Ulug‘bek madrasasi

Super User

Super User

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahrining qadimiy obidalari bilan tanishdi.

Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi. 

Ma’lumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek Amir Temurning suyukli nabirasi bo‘lgan, ezgu ishlarini davom ettirgan. U ham hukmdor, ham olim sifatida ilm-fan va madaniyatni rivojlantirgan, bunyodkorlikka katta e’tibor qaratgan. O‘rta asrlardayoq noyob rasadxona barpo etib, osmon jismlarini juda aniq o‘rgangan. 

Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari dunyo astronomiyasida muhim qo‘llanma hisoblanadi. Uni Yevropa, jumladan, fransiyaliklar ham yaxshi bilishadi. 

Xususan, fransuz astronomi Jozef-Nikolya Delil faoliyati davomida Mirzo Ulug‘bekning asarlarini o‘rgangan, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini lotin tiliga tarjima qildirgan. Delil 1739-yilda buyuk bobokalonimizning astronomiya jadvallari haqida nutq so‘zlagan. Ushbu nutqning matni hozirgacha saqlanib qolgan.

Bu kabi tarixiy ma’lumotlar ikki xalq aloqalarining tarixiy ildizlari qanchalik teranligini ko‘rsatadi.

Mehmonlar muzeyda Mirzo Ulug‘bek davriga oid ashyolar, kitoblar, qo‘lyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobini ko‘zdan kechirdi. 

Prezidentlar Amir Temur maqbarasiga borishdi. 

Oliy martabali mehmonga buyuk Sohibqironning hayoti, harbiy mahorati, bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi. 

Amir Temur o‘z kuch va salohiyati bilan hukmdorlik darajasiga chiqqan, Hindistondan Yevropagacha bo‘lgan hududda barqaror davlat barpo etgan nodir shaxsdir. Sohibqironing harbiy yurishlari va diplomatiyasi uzoq o‘lkalarga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Yevropa qirollari Amir Temur davlatini tan olib, u bilan aloqa o‘rnatishga intilgan. Jumladan, Fransiya qiroli Sharl VI bobokalonimizga maktub yo‘llagan.

Shu bois ham butun dunyoda Amir Temur shaxsiga va temuriylar merosiga qiziqish katta. Jumladan, 1988-yilda Fransiyada Temuriylar tarixi va madaniyatini o‘rganuvchilar assotsiatsiyasi tuzilgan. Uning sobiq prezidenti, professor Lyusen Keren Amir Temur va temuriylar davrini ko‘p yillar davomida tadqiq etgani, Fransiya va O‘zbekiston xalqlari yaqinlashishiga katta hissa qo‘shgani uchun O‘zbekistonning “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

1996-yilda Parijdagi YUNЕSKO qarorgohida “Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” nomli ko‘rgazma bo‘lgan. O‘tgan yili davlatimiz rahbarining Fransiyaga tashrifi doirasida Luvr muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi katta voqea bo‘lgan edi. Unda temuriylar merosiga alohida o‘rin ajratildi.

Davlat rahbarlari Registon majmuasida ham bo‘ldi.

Ma’lumki, bu maskan Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat. Mirzo Ulug‘bek va Yalangto‘shbiy qurdirgan bu obidalar asrlar davomida ilm ahlini o‘ziga chorlab kelgan, yuzlab olimu fuzalolarga maktab bo‘lgan. Ajoyib simmetriya va me’moriy qiyofa kasb etgan majmua bugungi kunda Samarqandning "tashrif qog‘ozi"ga aylangan. 

Mehmonlarga ajdodlarimizning me’morchilik an’analari, peshtoqlardagi naqshlar va ma’nolar haqida so‘zlab berildi.

So‘ng Prezidentlar Shohi Zindaga bordi. Bu majmua sahoba Qusam ibn Abbos va allomalarning maqbaralaridan iborat. Majmuaning tarixiy, madaniy va badiiy qimmati shundaki, u arxitektura va bezak san’atining bir necha asrlar davomida rivojlanishi haqida tasavvur beradi. Shohi Zinda 2001-yilda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shu jihatlari bilan sayyohlarni hamisha o‘ziga jalb etadi.

Mehmonlar majmua darvozasi va maqbaralar tarixi bilan tanishdi, naqshlar nafisligini e’tirof etdi.

Umuman aytganda, Samarqand obidalari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

 
Shanba, 11 noyabr 2023 04:15

G‘arbda – Rim, Sharqda – Samarqand

Davlatimiz rahbari taklifiga ko‘ra, rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva hamrohligida bugun Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni tomosha qildi.

Dunyo tarixchilari, sharqshunoslar tilida shunday gap bor:  G‘arbda Rim, Sharqda Samarqand. Bu bilan ikki mintaqa sivilizatsisida ushbu ikki qadimiy shahar qanchalik muhim rol o‘ynagani e’tirof etiladi. Haligacha O‘zbekiston va Italiya tarixchilari, arxeologlari Samarqand va Rim misolida davlatlar o‘rtasidagi aloqalar o‘tmishi bilan qiziqadi, bu borada tadqiqotlar olib boriladi. Shu jihatdan Italiya Prezidentining yurtimizga  rasmiy tashrifi doirasida Samarqandda bo‘lishi va bu yerdagi tarixiy-madaniy  yodgorliklar bilan tanishishi bejiz emas.

Yuqori martabali mehmonlar dastlab Registon maydonida bo‘ldi. Majmuadagi uch ulug‘vor obida – Mirzo Ulug‘bek,  Sherdor va Tillakori madrasalarining bunyod etilishi va bir necha asrdan buyon bezavol saqlab kelinayotgani Italiya delegatsiyasi a’zolarida hayrat va havas uyg‘otdi.  

Italiya delegatsiyasi Mirzo Ulug‘bek  madrasasida  yurtimiz ta’lim tarixiga oid ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdi.  

Sherdor madrasasida esa Samarqand tumanida joylashgan ilk o‘rta asrlarga oid Kofirqal’a arxeologik ob’ektida italiyalik arxeologlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadqiqot ishlari davomida topilgan ashyolar namoyish etildi. Yigirma yildan buyon faoliyat olib borayotgan mazkur qo‘shma ekspeditsiyaning rejalari haqida ma’lumot berildi.  

Ilk o‘rta asrlarga oid Kofirqal’a arxeologik yodgorligi  Samarqand hukmdorlarining shahar tashqarisidagi qarorgohi bo‘lgan.

Italiya Prezidenti ekspeditsiya ishiga yuqori baho berib,  muvaffaqiyat tiladi.  

Delegatsiya tanishgan keyingi ob’ekt  Shohi Zinda yodgorlik majmuasi bo‘ldi. Bu qutlug‘ qadamjo Samarqanddagi eng qadimiy obidalardan biri hisoblanadi. Sahoba Qusam ibn Abbos va zaminimizda yetishib chiqqan ulug‘ allomalar maqbaralaridan iborat majmua arxitektura va bezak san’atining bir necha asrlik an’analarini o‘zida aks ettirgan. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar davrida bir qator inshootlar qurilib, obod qilingan. Shohi Zinda 2001 yilda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Mehmonlarga majmua tarixi va bugungi kunda uni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella Samarqanddan Urganch shahriga jo‘nab ketdi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

 

2023-yil 6-oktyabr kuni "Chorsu" san’at galereyasida O‘zbekiston va Tojikiston rassomlari: Nuriddin Isayev, Ahmad Isoyev, Daler Mihtodjov, Ilyos Mamadjanov, Bahrom Ismatovning "Tasvir va rang"nomli guruh ko‘rgazmasi ochildi. Ushbu ko‘rgazma iste’dodli ustalarning juda katta ijodiy izlanishlari natijasidir. Ularning asarlari san’at haqidagi o‘z tushunchalarini aks ettiradi, zamonaviy dunyoda nima bo‘layotganini tushunishga intiladi, rassomlarni keng ko‘lamli va ko‘p vaqt talab qiladigan asarlar yaratishga undadi. Ushbu ko‘rgazmada realizmdan tortib mavhumlikka qadar san’at asarlari mavjud. Bunday tarkibda birinchi marta 5 nafar rassom: I. Mamadjanova, D. Mihtojeva, B. Ismatova, N. Isayeva va A. Isoyeva bir joyda ko‘rgazma namoyish yaratildi. Milliy o‘ziga xoslik va "individual" dunyoqarashni talqin qilish har bir rassomga bir-birini uyg‘un ravishda to‘ldirishga imkon beradi.

Ko‘rgazma madaniy va badiiy almashinuvning xalqaro tadbiridir, uning maqsadi ikki do‘stona, qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni amalga oshirish va, albatta, san’atda «aytadigan gaplari bor» yosh rassomlar jamoasini yaratish, ularga ijodiy faoliyatning qiziqish masalalari bo‘yicha fikr almashish imkoniyatini berishdir.

Ko‘rgazmada rassomlarning 50 dan ortiq tasviriy asarlari namoyish etilgan bo‘lib, ularda an’anaviy motivlar va zamonaviy mavzular, portretlar va landshaftlarni ko‘rish mumkin, ammo, eng muhimi, ular atrofdagi dunyo, Sharq va Vatanni ko‘rsatishdir. Taqdim etilgan asarlar nafaqat ijro uslubi, balki janri bilan ham ajralib turadi. Ko‘rgazmaning kuratori yosh san’atshunos Manushak Arushanova hisoblanadi.

 

6 октября 2023 года в 17:00 приглашаем вас в арт-галерею «ЧОРСУ» на групповую выставку художников Узбекистана и Таджикистана: Нуриддина Исаева, Ахмада Исоева, Далера Михтоджова, Ильеса Мамаджанова, Бахрома Исматова под названием: «ОБРАЗ И ЦВЕТ».

Адрес: город Самарканд, улица Ислама Каримова Ориентир: площадь Регистан

Телефон для справок: +99891 553-83-97 +99797 928-85-00

Куратор выставки: Манушак Арушанова

Дирекция Ансамбля Регистан от всей души поздравляет всех с Днем независимости. Желаем мира всей стране и благополучия всем жителям родного Узбекистана. Пусть здесь всегда будет солнечно и красиво, пусть каждый уголок Родины дарит сердцам отраду, вдохновение и веру в настоящее чудо. Пусть счастье и благополучие всегда наполняют дома, а лица озаряются радостной улыбкой.

Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumtaʼlim maktablarining “Jahon tarixi” darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi.

Darslik Yaponiyaning eng yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan tayyorlangan.

Qo‘llanma aprel oyidan boshlab yangi o‘quv yilida tarix fanidan darslik sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

 

25 aprel kuni Samarqandga dunyoga mashhur Plasido Domingo va uning rafiqasi, soprano qo'shiqchisi va rejissyori Marta Domingo tashrif buyurdilar.

Gur-Amir maqbarasi va Registon maydonidan tashqari, mehmonlar “Ipak yo'li” xalqaro turizm universiteti va “Silk Road Samarkand” majmuasiga tashrif buyurishdi.

"Men Amir Temur partiyasini ijro etish baxtiga muyassar bo'ldim va endi buyuk qo'mondon tomonidan tashkil etilgan shaharni o'z ko'zim bilan ko'rishdan xursandman. Samarqandda biz turli davrlar va madaniyatlarning noyob kombinatsiyasini ko'ramiz. Bu kuch va san'at shahri"- dedi buyuk maestro.

 
Juma, 28 aprel 2023 11:47

Muzey xalqaro forumi

Samarqandda "MUZEYSHUNOSLIK Fransiya +5" loyihasi doirasida o'tkazilgan "Ijodiy va madaniy sanoatning yangi texnologiyalari" xalqaro forumi muzey ishining konservatsiya, asbob-uskunalar va nou-xau, raqamli texnologiyalar, VR, AR, vaqtinchalik ko'rgazmalarni tashkil etish, ko'rgazmalarni rejalashtirish kabi masalalari muhokama qilingan maydonga aylandi.

Shuningdek, Registon ansambli hamda A. Kasteyeva nomidagi Qozog'iston Davlat san'at muzeyi, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat tarix va madaniyat muzeyi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandumlar imzolandi.

Mazkur xalqaro forum O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Fransiyaning “DUALEST” S.A.S Groupe kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Muzey forumi ishida Markaziy Osiyoning barcha davlatlarning muzey ishi vakillari ishtirok etdilar.