Mirzo Ulug‘bek madrasasi

Super User

Super User

Bugun Samarqanddagi Registon ansamblining Ulug‘bek madrasasida “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritilganligi to‘g‘risida sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sertifikatlarni topshirish marosimida Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Piskurev hamda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdilar.

Samarqanddagi Registon ansambli va Shohi Zinda majmuasi “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritildi.

2017 yilning 7 noyabr kuni Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Madaniyat, fan va taʼlim kengashining ikkinchi sessiyasida “Jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi uchun turistik diqqatga sazovor joylarni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilindi.

Konvensiyani amalga oshirish doirasida Turizmning jozibadorligi va turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita tuzildi.

Xalqaro qo‘mita faoliyatining asosiy masalalaridan biri turistik diqqatga sazovor joylarni ommalashtirish, jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi manfaatlari yo‘lida turistik hududlarni targ‘ib qilishdan iborat.

Xalqaro qo‘mitaning faoliyati xalqaro, mustaqil, nodavlat, nosiyosiy xarakterga ega bo‘lib, BMTning taʼlim, fan va madaniyat bo‘yicha asosiy hujjatlari, Yevroosiyoda turizm va sayohatlar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi (Antaliya konvensiyasi) hamda “Jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi manfaatlari yo‘lida turistik diqqatga sazovor joylarni targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi konvensiyalarga asoslanadi.

Muayyan obyektni maxsus turistik diqqatga sazovor joylarning Jahon ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qaror Turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita sessiyasi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.

Bugungi kunga qadar O‘zbekistonning 4 ta tarixiy diqqatga sazovor joylari ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

 

28 июля нынешнего года путешественник и писатель, автор 65 книг, посетивший 138 стран мира Антон КРОТОВ в Самарканде в стенах древнего медресе Шердор на Регистане проведёт всречу с любителями путешествовать и всеми кому интересна эта тема.

Известный путешественник расскажет о том, как путешествовать по всему миру самостоятельно, автостопом и на дешёвом наземном транспорте, без помощи гидов и турфирм, как находить ночлег, не пользуясь хостелами и гостиницами. Поделится опытом, как понимать людей без переводчика, сохранять здоровье и оптимизм в дальней поездке, зимовать в тропических странах.

Антон Кротов путешествует с 1991 года.
В 2001 году принял ислам, в 2016 году совершил хадж — паломничество в Мекку.

А. Кротов основатель Академии вольных путешествий.

Место проведения встречи: ансамбль Регистан медресе Шердор ( вход со стороны медресе Шердор)

Начало лекции – в 19:00

Вход свободный.

Tadbirda “Silk Road Travel Academy” o‘quv kurslari bitiruvchilari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish instituti tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi bo‘yicha kasbiy bilim olgan, ingliz, yapon, rus tillarini biladigan, professional tayyorgarlikdan o‘tgan gidlar ishtirok etadi.

Dushanba, 10 iyul 2023 11:23

Registon maydoni

“Men Registonman,
Men Samarqandning yuragiman
Men asrlarning tosh yilnomasiman”

Samarqand shahridagi Registon maydoni O’rta Osiyodagi shaharsozlik san’atining yorqin namunalaridan biridir.

Maydonning nomi - "Registon" "qum maydoni, qumli joy" deb tarjima qilinadi. Darhaqiqat, serhosil vohaning markazi bo’lgan Samarqand shahridagi ushbu maydonning nomiga ta’rif bera oladigan,  yana bir talqinda aytilishicha, o’rta asrlarda Movaraunnahrdagi barcha shaharlarda markaziy maydonlar Registon deb nomlangan, bu Sharqdagi shaharlarning ma’muriy va savdo-hunarmandchilik markazlari bo’lgan.

Amir Temur hukmronligi davrida (1370-1405 y.) Registon - asosiy savdo maydoni sifatida xizmat qiladi. Ulug’bek davriga kelibgina, u rasmiy marosimlar o’tkaziladigan mahobatli joy maqomini oladi.

 

Eʼtiboringizga Valdis Pelshning "Узбекистан. Заглянуть за горизонт" - “Oʻzbekiston. Ufq ortiga nazar" nomli hujjatli filmini havola etamiz. Filmda muallif mamlakatimizning sayyohlik va madaniy meros sohasidagi rang-barangligi va yutuqlariga yangicha nigoh bilan qarashni taklif etadi.

 
Payshanba, 15 iyun 2023 11:58

Chorsu Art-galereyasi

Chorsu milliy rassomlik galereyasi Samarqandning tarixiy markazida, Registon maydoni va Sherdor madrasasi yonida joylashgan. Galereya binosi o‘zining olti burchakli shakli va gumbazlariga ega – har bir kirish tepasida bitta katta markaziy va oltita kichik shallar. Bino XV asrda qurilgan. Bino juda boy va ko‘p asrlik tarixga ega. Hozirgi vaqtda u shaharning tarixiy qismi bilan birga YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Ko‘p asrlar davomida bu bino faol savdo joyi bo‘lgan, chunki u Samarqandni Shahrisabz, Buxoro va Toshkent bilan bog‘laydigan jahon savdo yo‘llarining chorrahasida joylashgan edi. Arxitektura yodgorligi bir necha bor rekonstruksiya qilingan. 2005-yilda binoda katta ta’miri amalga oshirildi va shundan so‘ng tasviriy san’at galereyasi ochildi. Bugungi kunda san’at galereyasi binosida zamonaviy o‘zbek rassomlarining taniqli va mashhur, yangi ijodkrlarning eng yaxshi asarlari, o‘tmishdagi bebaho asarlarning muzey eksponatlari namoyish etilmoqda.

San’at galereyasida muntazam ravishda, har oyda bir marta, turli janrdagi rasmlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi: landshaftlar, natyurmortlar, portretlar, Markaziy Osiyoning qadimiy diqqatga sazovor joylari tasvirlari. Galereyada namoyish etilgan barcha asarlar kundalik, tarixiy va lirik mavzularni aks ettiradi; rassomlarning xalqqa, uning boy tarixiga, o‘z ona yurtining rang-barang tabiatiga bo‘lgan muhabbati. Shuningdek, asarlar o‘zbek xalqining urf-odatlari, madaniyati va turmush tarzini aks ettiradi. Alohida xonada tashrif buyuruvchilar haykaltarosh va me’morlarning asarlarini, an’anaviy tarzda bo‘yalgan keramika devoriy suratlari va reproduktsiyalarini va boshqa san’at asarlarini ko‘rishlari mumkin.

San’at galereyasida siz o‘zbek milliy ustalarining noyob mahsulotlari, xalq amaliy san’ati asarlari, milliy kiyimlar va esdalik sovg‘alari (suvenirlar), bo‘yalgan idishlar, zargarlik buyumlari, haykaltaroshlik, kulolchilik va boshqalarni sotib olishingiz mumkin.

 

Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadim va betakror Samarqand shahrining ulug‘vor me’moriy obidalarini ko‘zdan kechirdi.

Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi. Ma’lumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek buyuk olim va hukmdor sifatida ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. O‘rta asrlardayoq noyob rasadxona kashf qilib, osmon jismlarini juda aniq o‘rgangan. Uning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari butun dunyoda, xususan, arab olamida falakiyot bo‘yicha ilmiy manba sifatida mashhur bo‘lgan.

Tanishuv chog‘ida temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik yuksak darajada rivojlangani, bu yurtimizdagi Ikkinchi renessansga asos bo‘lgani yodga olindi. Bugun yurtimizda islom sivilizatsiyasi, allomalar merosini o‘rganish bo‘yicha markazlar tashkil etilgani ta’kidlandi.

Keyingi manzil “Afrosiyob” muzeyi bo‘ldi. Bu yerdagi eksponat va devoriy suratlar Samarqand shahrining uch ming yillik tarixidan hikoya qiladi. Shunday suratlardan birida Afrosiyob hukmdorining elchilarni qabul qilish marosimi aks etgan. Bu ajdodlarimiz diplomatiyaga katta e’tibor bergani, Sharq o‘lkalari bilan azaldan hamkorlik yaxshi bo‘lganini ko‘rsatadi.

Dunyoga mashhur Registon maydoni – mamlakatimizning yana bir “tashrif qog‘ozi”, ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyatining go‘zal ifodasi. Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining mahobati, o‘ziga xos arxitekturasi hammada hayrat va havas uyg‘otadi.

Oliy martabali mehmonga madrasalarning qurilish tarixi, naqsh va ramzlarning mazmuni, maydonda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari haqida so‘zlab berildi. Qatar Amiri madrasalarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.

So‘ng davlat rahbarlari Samarqandning Xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdilar.

 
Shanba, 14 yanvar 2023 01:37

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Hurmatli hamkasblar va aziz Vatandoshlar! 14-yanvar - mamlakatimizdagi barcha fuqarolar uchun muhim bayram. Vatan himoyachilari kuni bu - Vatanni sevuvchi, uning tarixini hurmat qilivchi, mard va jasur, haqiqiy erkaklar bayrami.

Sizni ushbu bayram bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz  va yurt manfaati yo'lida Sizga mustahkam sog'lik, baxt-saodat  hamda ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Samarqand viloyatidagi "Registon" ansambliga 2022-yilda 1 027 951 nafar mahalliy va xorijiy turistlar tashrif buyurdi. 

Ma'lumot uchun, "Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi" deya e'tirof etilayotgan Samarqand 2023-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti hisoblanadi. UNWTO Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi aynan Samarqandda o‘tkaziladi.

Bu bejizga emas, albatta. Chunki majmuada mehmonlarga xizmat koʻrsatish yuqori darajada tashkil qilingan. Xususan, “Registon”ga kirgan turistlar uchun ekskursovod yoki audio-gid xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. 

Ta'kidlash kerakki, 2022-yilda “Registon” ansamblini yanada takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, yil davomida olib borilgan restavratsiya va konservatsiya ishlarida topilgan noyob tarixiy ashyolar “Tillakori” madrasasidagi “Samarqand tarixiy suratlarda” nomli ekspozitsiyadan o‘rin oldi. 

Shu bilan birga, 2022-yil 27-avgust kuni “Sherdor” madrasasidagi “Suratlarda aks etgan tarix” ekspozitsiyasidan oʻrin olgan “Mudarris va talabalar” kompozitsiyasidagi haykallar mumdan yasalgan realistik haykallar bilan almashtirildi. 

Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya instituti direktori, akademik Shuhrat Egamberdiyev tomonidan  vaqtinchalik oʻrnatilgan quyosh soati joriy yilning yanvar oyida  temir materialdan yasalgan soat bilan almashtirilib, maxsus marmar ustunga oʻrnatildi.

Qayd etish joizki, “Registon” ansamblidagi joriy va kapital taʼmirlash ishlari Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda bajarilmoqda. Jumladan, “Ulugʻbek” madrasasi shimoliy koʻcha fasadlarining 75,0 m2 qismi, “Sherdor”  madrasasi janubiy koʻcha fasadlarining 60,0 m2 qismi, “Sherdor” madrasasining ichki hovli qismidagi timpan va pannolarning 60m2 qismi, “Tillakori” madrasasining ichki hovli qismidagi timpan va pannolarning 25m2 qismi restavratsiya qilindi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 1–8-yanvar kunlari “Registon”ga jami 17 009 nafar turist kelgan. Shulardan 11 085 nafari mahalliy (2 645 nafari bolalar) va 2 979 nafari xorijiy (300 nafari bolalar) turistlardir.

Oʻtgan yili Samarqanddagi “Registon” ansambliga 1 million 027 ming 951 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar kelgan.

“Uzbektourism.uz” veb-sayti maʼlumotiga koʻra, “Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” deya eʼtirof etilayotgan Samarqand 2023-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti hisoblanadi. UNWTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi aynan Samarqandda oʻtkaziladi.

Bu bejizga emas, albatta. Chunki majmuada mehmonlarga xizmat koʻrsatish yuqori darajada tashkil qilingan. Xususan, “Registon”ga kirgan sayyohlar uchun ekskursovod yoki audio-gid xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Taʼkidlash kerakki, 2022-yilda “Registon” ansamblini yanada takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, yil davomida olib borilgan restavratsiya va konservatsiya ishlarida topilgan noyob tarixiy ashyolar “Tillakori” madrasasidagi “Samarqand tarixiy suratlarda” nomli ekspozitsiyadan oʻrin oldi.

2022-yil 27-avgust kuni “Sherdor” madrasasidagi “Suratlarda aks etgan tarix” ekspozitsiyasidan oʻrin olgan “Mudarris va talabalar” kompozitsiyasidagi haykallar mumdan yasalgan realistik haykallar bilan almashtirildi.

Bundan tashqari, vaqtinchalik oʻrnatilgan quyosh soati joriy yilning yanvar oyida temir materialdan yasalgan soat bilan almashtirilib, maxsus marmar ustunga oʻrnatildi.

Qayd etish joizki, “Registon” ansamblidagi joriy va kapital taʼmirlash ishlari Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda bajarilmoqda. Jumladan, “Ulugʻbek” madrasasining shimoliy koʻcha fasadlari, “Sherdor” madrasasining janubiy koʻcha fasadlari va ushbu madrasaning ichki hovli qismidagi timpan va pannolar, “Tillakori” madrasasining ichki hovli qismidagi timpan va pannolar restavratsiya qilindi.

Maʼlumot uchun: joriy yil 1- 8-yanvar kunlari “Registon”ga jami 17 ming 009 nafar turist kelgan. Shulardan 11 ming 085 nafari mahalliy (2 645 nafari bolalar) va 2 ming 979 nafari xorijlik (300 nafari bolalar) sayyohlardir.