Mirzo Ulug‘bek madrasasi

Super User

Super User

AQSh Davlat kotibining jamoatchilik diplomatiyasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sara Rojers, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Sherdor madrasasi peshtoqini restavratsiya qilishning birinchi bosqichi yakuniga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

AQShning Madaniy merosni asrash bo‘yicha elchilar jamg‘armasi (AFCP) ko‘magida amalga oshirilayotgan loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, Sherdor madrasasining tarixiy peshtog‘i, mozaikalari, mayolika bezaklari, bezakli elementlari va kufiy xatidagi bitiklarni saqlab qolish, shuningdek, restavratsiya sohasi mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan. Marosim doirasida restavratsiya ishlarining birinchi bosqichi natijalari taqdim etildi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi o‘rtasida madaniyat va madaniy merosni asrash sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi besh yillik hamkorlik yo‘l xaritasi ham imzolandi.

Samarqand shahri asrlar davomida Markaziy Osiyoning ilm-fan, madaniyat va me'morchilik markazi bo'lib kelgan. Bu erda qad rostlagan tarixiy obidalar nafaqat estetik go'zalligi, balki chuqur ma'naviy mazmuni bilan ham ajralib turadi. Rasmda aks etgan me'moriy tasvir ana shunday yuksak san'at namunalaridan biri.

Bu Samarqanddagi mashhur tarixiy hudud - Registon maydoni majmuasiga kiruvchi Sherdor madrasasi binosining bezak qismlaridan biri. Madrasa XVII asrda qurilgan bo'lib, o'zining boy naqshlari, rang-barang koshinlari va murakkab geometrik bezaklari bilan ajralib turadi.

Rasmda ko'rganingiz, matnlar Arab yozuvida bitilgan bo'lib, Qur'on oyatidir. Unda insonning axloqi ulug'lanadi. Madrasaning nafaqat ilm maskani, balki ma'naviy tarbiya markazi bo'lganini ko'rsatadi. Maskanda o'z davrida bilim olish bilan birga, insoniy fazilatlar - odob, axloq va ruhiy poklik o'rgatilgan.

Me'moriy jihatdan rasmda g'isht va koshin uyg'unligi alohida e'tiborni tortadi. Ko'k va oq ranglar ustunligi osmon va poklik timsoli sifatida talqin qilinadi. Geometrik naqshlar Islom san'atining muhim belgilaridan bo'lib, cheksizlik va tartib g'oyasini ifodalaydi.

Rasmda ifodalangan tor kirish qismi binoning vazifasi nuqtai nazaridan tuzilishi haqida darak beradi. Bu kabi kichik xonalar turli maqsadlarda - ibodat, tafakkur yoki xizmat xonalari sifatida ishlatilgan bo'lishi mumkin. Bu esa madrasaning murakkab va ko'p qirrali tuzilishga ega ekanini ko'rsatadi.

Xulosa o'rnida aytganda, rasm oddiy me'moriy yodgorlik emas, balki tarix, san'at va ma'naviyatning uyg'unlashgan ifodasi. Samarqand obidalari orqali ajdodlarimizning nafaqat qurilishdagi mahorati, balki dunyoqarashi va qadriyatlarini anglashimiz mumkin.

Bunyod Yalg'oshev, Registon ansambli gid-ekskursavodi.

 

2026-yil 10-iyun kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida opera solistlari va Bolshoy teatr simfonik orkestrining gala-konserti bo‘lib o‘tadi. Konsert YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy maydonda bo‘lib o‘tadi va yoz faslining eng muhim musiqiy voqealaridan biriga aylanadi.

Konsert Valeriy Gergiyev dirijyorligida bo‘lib o‘tadi. Dasturdan rus va jahon opera mumtoz musiqasiga mansub ariyalar, ansambllar va simfonik parchalar o‘rin olgan.

2026-yil Bolshoy teatr uchun yubiley yili hisoblanib, uning tashkil etilganining 250 yilligi nishonlanmoqda. Samarqanddagi chiqish mazkur xalqaro dasturning bir qismi bo‘ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro madaniy tadbirlarning natijalari, turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha navbatdagi vazifalar hamda yirik madaniyat va turizm obyektlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Taqdimotda yirik madaniyat va turizm obyektlari loyihalari koʻrib chiqildi.

Samarqandda “Samarqand merosi yoʻlagi” loyihasi ish boshlamoqda. Registon ansambli, Bibixonim va Shohi Zinda majmualari hamda Mirzo Ulugʻbek rasadxonasini 6,6 kilometrlik yagona sayyohlik yoʻnalishi oʻzaro bogʻlaydi.

Samarqandda yangi “Ipak yoʻli” muzeyini qurish loyihasi taqdim etildi. Umumiy maydoni 19,5 ming kvadrat metrni tashkil etadigan uch qavatli zamonaviy bino qurilib, unda inklyuziv muhit, koʻrgazma zallari, eksponatlarni saqlash fondlari, shuningdek, taʼlim olishga moʻljallangan hududlarni yaratish koʻzda tutilgan.

Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi hududida landshaft dizaynini yangilash rejalashtirmoqda. Yangi muzey binosi, immersiv koʻrgazma zallari, tashrif buyuruvchilar uchun markaz barpo etiladi. Piyoda yoʻlaklari obodonlashtirilib, arxeologik obyektlar yagona muzey muhitiga uygʻunlashtiriladi.

Chorshanba, 31 dekabr 2025 06:41

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ortda qolayotgan yil yuksak natijalar bilan yodda qoldi. Ishonamizki, yangi yil ham yangi g‘oyalar va ulkan muvaffaqiyatlar poydevori bo‘lib xizmat qiladi.

Yangi yil xonadoningizga qut-baraka, tinchlik va mustahkam sog‘lik olib kelsin. Ezgu niyatlaringiz va ilmiy-ijodiy intilishlaringiz doimo yuksak zafarlar bilan bog‘lansin!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Payshanba, 13 noyabr 2025 11:43

«Bir Vatan, bir el, bir bayroq»

Bayroq estafetasi «Bir Vatan, bir el, bir bayroq» shiori ostida harakatlanmoqda, Registon maydonidan Kuksaroy maydoniga yetib keldi.

Birlik va vatanparvarlik ramzi aholi va jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi. Tantanali marosimdan so'ng bayroq Samarqand tumanidagi Xo'ja Ahror Vali majmuasi oldidagi maydonga yuborildi, u yerda xalq birligi va hamjihatligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Shanba, 22 noyabr 2025 03:07

Diqqat! Ish jadvali o'zgartirildi!

2025 yil 21 noyabrdan boshlab, Registon ansamblining ish vaqti soat 08.00 dan 22.00 gacha. Registon ansamblining kechki nurli-ovozli panoramasi hamda 3D lazer shou uskunalarini texnik ta'mirlash maqsadida namoyishlar o'tkazilmaydi.

Asos: O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 828-son Qarori.

Ulug‘bek madrasasi va Tillakori madrasasida doimiy muzey ekspozitsiyalarini yangilash hamda ichki qismlarini restavratsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar yakuniga yetdi. Yangilangan ekspozitsiyalar Samarqand va Temuriylar davrining tarixiy-madaniy merosini zamonaviy va chuqur tahlil asosida talqin etib, o‘sha davrda Samarqand ilm-fan, ta’lim va san’atning yirik markazlaridan biri bo‘lganini yana bir bor yodga soladi.

Ulug‘bek madrasasida Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi allomalarning 50 dan ortiq noyob qo‘lyozmalari, XV asrning buyuk astronomi va ma’rifatparvari sifatidagi Ulug‘bek faoliyatini yorituvchi ilmiy asbob-uskunalar va tarixiy materiallar namoyish etilgan. Tillakori madrasasidagi ekspozitsiya esa Registon ansamblining shakllanish tarixi va uning me’moriy go‘zalligini ochib beradi. Ekspozitsiya raqamli rekonstruksiyalar va interaktiv elementlar bilan boyitilib, tomoshabinga tarixni yanada jonli his etish imkonini yaratadi. Aksariyat eksponatlar fransuz va o‘zbekistonlik restavratorlar hamkorligida qayta tiklandi.

Yangilangan muzey makonining dizayni Fransiyaning Wilmotte & Associés me’moriy byurosi tomonidan ishlab chiqilib, unda Sharq an’analarining betakror ruhi zamonaviy muzeyshunoslik talablariga uyg‘un tarzda mujassam etilgan.

1-noyabr oqshomida Samarqandda mashhur fransuz bastakori va YUNESKO’ning Ezgu niyat elchisi Jan-Mishel Jarrning katta konserti bo‘lib o‘tdi.

Nur, musiqa va Registon me’morchiligi uyg‘unlashgan bu ulkan audiovizual tomosha YUNESKO va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi. Uch madrasa devorlari zamonaviy san’at va qadimiy meros tutashgan jonli tasvirga aylandi — bu uyg‘unlik asrlar va madaniyatlar o‘rtasidagi betakror hamjihatlikni aks ettirdi.

Samarqand aholisi va mehmonlari uchun ochiq tarzda o‘tgan ushbu konsert YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi madaniy dasturining markaziy tadbiriga aylandi. Bu yorqin kecha yana bir bor O‘zbekistonning an’ana va innovatsiyalar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, tarix va san’atning yagona ohangda jaranglashiga imkon beruvchi maskan ekanini namoyon etdi.