Samarqand shahridagi Registon ansamblida futzal bo‘yicha jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan Registon ansambliga tashriflar
24 may soat 15.00 dan;
25-may soat 17.00 dan (Tilla-Kori madrasasi 25-may kuni kun boʻyi yopiladi);
26 may - kun boʻyi to‘xtatiladi.
Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha jahon chempionati 2024-yil kuzida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lum qilishicha, mamlakatimizdagi eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega boʻlgan 5 ta muzey quyidagilar:
Registon ansambli – 1 010,8 ming kishi;
Samarqand davlat muzey qoʻriqxonasi – 1 006,6 ming kishi;
Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf Davlat muzeyi – 648,5 ming kishi;
Xiva Ichan-Qalʼa davlat muzey qoʻriqxonasi – 448,4 ming kishi;
Buxoro davlat muzey qoʻriqxonasi – 390,3 ming kishi.
Mug‘ tog‘idan topilgan so‘g‘diy hujjatlarda shahar Samarkant, qadimgi Yunon va Rim mualliflari asarlarida Marakanda, Marganda va Margandi shakllarida qayd etiladi.
Arablar esa uni Samaroy deb ataganlar.
Italiyalik sayyoh va adib Marko Poloning kitobida shahar Samarqan, Sarmakan va Sanmarkan shakllarida tilga olinadi.
Forschada Samarqand deyilgan.
Xitoyning qadimgi va o‘rta asr yilnomalarida Samarqand shahar, viloyat va ularning hukmdorlari ham Kan yoki Samogan, Limogan, Sivingin va Saymaerkan shakllardagi atamalar bilan ta’riflanadi.
Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida Samarqand “Semirqand” ya’ni “semiz shahar” ma’nosini bildiradi, degan fikr bayon etilgan.
Bulardan tashqari, turli davrlarda bitilgan tarixiy manba va kitoblarda shahar nomi Samariana, Saramanka, Sakanna, Sanmangan, Samakiyon, Sumron, Shamarkan, Samaroy, Simroyat kabi shakllarda ham qayd etiladi.
Samarqand toponimlari, garchi shaklan bir-biriga hamohang bo‘lsa-da, ularning morfologiyasi ham, tub ma’nosi ham ma’lum darajada o‘zgarib mukammallashib borgan.
Jahon merosi kuni sifatida ham tanilgan bu kun 1982 yili YUNESKOning yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashi (ICOMOS - International Council on Monuments and Sites) tomonidan ta’sis etilgan.
Mazkur sana 1984 yildan buyon jahon madaniy merosini asrab-avaylash va shu masalaga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida nishonlab kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktabrdagi 846-son qarori bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlangan.
Unga muvofiq Samarqand viloyatida 1607 ta arxeologiya yodgorliklari, arxitektura yodgorliklari, diqqatga sazovor joylar, monumental san’at yodgorliklari mavjud.
2024-yil 20-apreldan e'tiboran Registon ansamblining kechki nurli-ovozli panoramasi soat 21.00 dan boshlanadi.
30-mart kuni Registon ansamblida bo‘lib o‘tgan “Ichki turizm yarmarkasi”da turoperatorlar, joylashtirish muassasalari va sog‘lomlashtirish maskani vakillari, shuningdek, turizmga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurti hamda texnikum talabalari va, albatta, Samarqand shahri mehmonlari yig‘ildi.
Samarqand “Ichki turizm yarmarkasi” ishtirokchilari bo‘lgan O‘zbekistonning bir qancha viloyatlaridan 80 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari istiqbolli qo‘shma loyiha va yangi turistik mahsulotlar bo‘yicha g‘oyalarni muhokama qilish, biznes hamkorlar bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, yarmarka doirasida turizm sohasini yosh kadrlar bilan ta’minlash maqsadida “ Career-2024” o'tkazildi va “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Samarqand turizm va madaniy meros kolleji talabalari potentsial ish beruvchilardan bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Madaniy-ko‘ngilochar dastur hamda Samarqand turizm va madaniy meros kolleji tomonidan tashkil etilgan dizayner Hamida Inoyatovaning milliy liboslar kolleksiyasi namoyishi tadbir mehmonlarida alohida qiziqish uyg‘otdi.
Yarmarka yakunida “Ichki turizm yarmarkasi” faol ishtirokchilari Samarqand viloyati turizm boshqarmasining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, “Ichki turizm yarmarkasi” ishtirokchilari uchun Samarqand viloyati bo‘ylab infotur tashkil etildi.
2024-yil 20-31-mart kunlari Navro‘z bayrami hamda “Yoshlar turizmi haftaligi” tadbirlari tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlardagi umumiy ovqatlanish joylari va joylashtirish vositalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun ixtiyoriy tarzda taqdim etiladigan chegirmalar va aksiyalar joriy qilinmoqda.
Asosiy maqsad yoshlarni taʼtil vaqtida mavsumiy imtiyozli turistik paketlari asosida respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish, oliy taʼlim muassasalari talabalari, maktab oʻquvchilari va mahallalardagi aholi va yoshlarning sayohatlarini tashkil etish, nogironligi boʻlgan oʻquvchi, talaba va yoshlarning respublikamiz boʻylab sayohat qilishi uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Qayd etish joizki, “Yoshlar turizmi haftaligi” Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻtkazilib kelinmoqda.
Taqdim etiladigan chegirmalar va aksiyalar haqidagi to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.
“Samarqand: jahon madaniy turizm poytaxti” sarlavhali maqola muallifi shunday deydi: “O‘zbekistonning sharqiy-markaziy qo‘ynida o‘tmish sivilizatsiyalar hikoyalarini shivirlab turadigan shahar bor. Ikki ming yildan ortiq boy tarix va madaniy uyg‘unlikning jonli guvohi bo‘lgan Samarqand shahriga xush kelibsiz”.
Jurnalist qadimiy shaharning jozibadorligini tushunishga harakat qilib, shunday xulosaga keladi: “Samarqandning sehri uning tarixiy xazinalari – masjid, madrasa va maqbaralarning maftunkor uyg‘unligidadir. Shahar markazida UNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon joylashgan bo‘lib, u bir vaqtlar bozorlar, karvonsaroylar va hukmdorlar so‘zlari aks-sadosi yangrayotgan gavjum maydon bo‘lgan. Registon Samarqandning boy tarixining mazmun-mohiyatini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarni ushbu g‘ayrioddiy shaharni shakllantirgan o‘tgan davrlarni boshdan kechirishga chorlaydi”.
Maqolada Samarqandning meʼmoriy yodgorliklari, jonli va gavjum Siyob bozori, hunarmandlar tomonidan yaratilayotgan qoʻlda ishlangan mashhur oʻzbek matolari va noyob kulolchilik buyumlari, nafis suvenirlar, shahar boʻylab joylashgan kichik dukonlar mehr bilan tasvirlangan. Shahar restoranlari milliy va xalqaro retseptlar uyg‘unlashgan pazandalik vohasi deb ataladi.
“Madaniyat va merosning jonli solnomasi bo'lgan Samarqand sizni nafaqat esdalik sovg'alari, balki o'z qalbidan bir parchasi bilan kuzatib qo’yadi. Moviy gumbazlar va labirint ko‘chalari bilan xayrlashar ekansiz, bilingki, Samarqand sehri O‘zbekistonning maftunkor tarixining qoq bag‘riga sayohatning mangu aks-sadosidek saqlanib qoladi”, — deya xulosa qiladi maqola muallifi.
Nemis tilidagi eng ommabop nashrlardan biri “ab in den urlaub” sayyohlik jurnalida Samarqandning tarixiy diqqatga sazovor joylari, milliyligi va O‘zbekistonga sayohat xususiyatlari batafsil tavsiflangan maqola chop etildi.
“Samarqand o'zining diqqatga sazovor joylari bilan yashaydi va diqqatga sazovor joylarga sayohat bir necha kun davom etishi mumkin. Ammo bir vaqtning o'zida yangi taassurotlarni boshdan kechirishni istasangiz, shaharni tark etishingiz shart emas: bozorlar va muzeylarda qo'shimcha yangi his-tuyg'ularga ega bo'lasiz. Yoki go‘zal tabiatga ham borishingiz mumkin”, - deb yozadi “Samarqand in Uszbekistans: Moscheen, Mausoleen, Seidenstraße” maqolasi muallifi.
Samarqand shahridagi mehmonxonalar va joylashtirish vositalariga bagʻishlangan boʻlimda nemis sayyohlik mutaxassisi shunday taʼkidlaydi: “Samarqandda siz Sharqqa xos mehmonxonalarni, shuningdek, Gʻarb standartlarini taklif qiluvchi xalqaro mehmonhonalar tarmoqlarni uchratasiz. Oddiydan tortib to hashamatli jihozlargacha hamma narsa taqdim etilgan”.
Maqola muallifi Samarqand gastronomiyasini ham e’tibordan chetda qoldirmadi: “Bozorda yangi pishirilgan nonni tatib ko‘rish kifoya, chunki u mamlakatda eng zo‘r hisoblanadi. O‘zbek oshxonasining yana bir klassikasi: UNESKO tomonidan nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan - Palov, guruch, go‘sht, sabzavot va ziravorlardan iborat bo‘lib, u har bir hududda bir oz boshqacha tayyorlanadi”.