Registan
square
2025-yil 20-iyuldan 20-avgustga qadar Turizm qo‘mitasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yoshlar turizmi oyligi” tadbirlari o‘tkaziladi. Oylik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarni respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlariga chorlaymiz.
Ushbu oylik doirasida respublikadagi joylashtirish vositalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.
Shuningdek, “Vaqf” xayriya fondi tasarrufidagi bir qancha muzey va ziyoratgohlarga yoshlar 10 foizlik chegirma bilan kirishi belgilandi.
Bundan tashqari, Oylik doirasida yoshlarning ta’tilini mazmunli o‘tkazish maqsadida respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan konsert-tomosha hamda sport tadbirlari ro‘yxati shakllantirildi.
Qayd etish joizki, “Yoshlar turizmi oyligi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-232-sonli qaroriga muvofiq oʻtkazilib kelinmoqda.
“Yoshlar turizmi oyligi”da faol ishtirok eting – O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!
Samarqand shahrida joylashgan Registon maydonida bastakor Andrea Bochellining konserti boʻlib oʻtadi.
Ushbu kechada Bochelli, maxsus mehmon — Aida Garifullina, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va xor jamoalari ijrosida jahon mumtoz musiqasi asarlari va mashhur qo‘shiqlari yangraydi.
Jonli ijro.
Chiptalarni iticket.uz veb-saytdan sotib olish mumkin.
O'tkaziladigan joy: Samarqand, Registon maydoni
Sana: 2025 yil 1 sentyabr
O‘zbekiston Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi Samarqand shahri, Registon maydonida joylashgan “Tilla Kori” madrasasini restavratsiya va tiklash ishlariga, yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan rozilik berdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kengash yig‘ilishida respublikamizdagi madaniy meros obyektlarini saqlashga qaratilgan 120 ga yaqin loyiha ko‘rib chiqildi. Natijada, Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan 100 dan ortiq muhim qarorlar qabul qilindi.
«Samarqand shahar, Registon maydonida joylashgan “Tilla Kori” madrasasini restavratsiya va tiklash ishlari jarayonida yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan ma’qullansin. Loyihadagi ishlarning amalga oshirilish nazorati loyiha muallifi va Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi zimmasiga yuklansin», - deyiladi Majlis bayonnomasida.
Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘ldi.
YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, dunyoga mashhur Registon maydoni buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyatini aks ettiruvchi mamlakatimizning asosiy tashrif qog‘ozidir. Majmuadagi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari o‘zining ulug‘vorligi, boy tarixi va betakror me’morchiligi bilan yurtimiz mehmonlarida chuqur taassurot qoldirmoqda.
Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq shaharsozligi durdonasining qurilish tarixi, me’moriy yechimlari va bezaklarining o‘ziga xos jihatlari, ushbu maskan bilan bog‘liq muhim voqealar va shaxslar, shuningdek, o‘zbek xalqining madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi.
So‘ngra davlat rahbarlari "Silk Road Samarkand" xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog‘ida bo‘ldilar. Xalqimizning boy madaniy merosi, hunarmandchilik va amaliy san’atini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tomosha qilindi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.
Samarqand shahrining Islom Karimov nomli ko‘chasi har qachongidan ham gavjum bo‘ldi. Bu yerda “Samarqand noni” festivali o‘tkazilmoqda.
Festivalning ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda Adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etdi.
Bu yeda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan, shuningdek, respublikamizning turli hududlaridan kelgan novvoylar tomonidan 22 ta tandir o‘rnatilib, non pishirilmoqda.
“TimeOut” jurnali Samarqanddagi Registon maydonini dunyodagi eng go‘zal 44 ta joy qatoriga kiritdi.
Nashr dunyo bo‘ylab tajribali sayohatchilarning fikrlarini to‘plab, ular tashrif buyurgan eng go‘zal joylar haqida so‘zlab berdi. Natijada, sayyoramizning eng ajoyib go‘shalariga yo‘l ko‘rsatuvchi qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ro‘yxat tuzildi.
Samarqandga tashrif buyurgan sayohatchilar Registon maydonini shunday ta’riflashadi:
“Uchta ulug‘vor inshoot bilan o‘ralgan keng maydon - Registon Samarqandning qadimiy qalbi, zamonaviy O‘zbekistondagi Ipak yo‘li shahrining timsoli hisoblanadi.
Registonning XV-XVII asrlarda qurilgan uchta madrasasi ravoqli peshtoqlari, yaltiroq gumbazlari va baland minoralari bilan manzarani tasvirlab beradi. Ular g‘isht, koshin va mozaikalardan yasalgan geometrik naqshlar bilan bezatilgan.
Bu binolar ulug‘vorligi va nafosat uyg‘unligida, maftunkorligi va mehmondo‘stligi bilan ajralib turadi. Qosh qorayishi bilan esa ular butun go‘zalligini namoyon etib, nurga burkanadilar”.
“TimeOut” - Londonda joylashgan xalqaro kompaniya bo‘lib, dunyoning 60 ta shahrida ko‘ngilochar va madaniy hayot haqida aynan shu nomdagi haftalik jurnalni nashr etadi.
Дирекция ансамбля Регистан поздравляет всех с праздником Рамазан хайит и желает, чтобы этот священный праздник прошел в атмосфере радости, семейного единства, доброго здоровья и изобилия. Пусть во всех домах раздается радостных смех, а сердца будут полны добрых надежд и счастья.